Britaniya qiroli Ruandaga noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Britaniya qiroli Ruandaga noqonuniy muhojirlarni deportasiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Britaniya qiroli Charlz III Ruandaga noqonuniy muhojirlarni haydash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda SkyNews qirollik oilasining rasmiy vakiliga tayanib xabar bermoqda.

Qirollik oilasi vakili Ruanda rejasi qirol Charlz IIIning roziligi bilan kuchga kirganini tasdiqladi.

Noqonuniy muhojirlarni Buyuk Britaniyadan Ruandaga deportasiya qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi 23 aprel kuni Jamoatlar palatasi va Lordlar palatasi (Buyuk Britaniya parlamentining quyi va yuqori palatalari) o‘rtasida davom etgan muzokaralardan so‘ng parlament tomonidan qabul qilingan edi.

Bosh vazir Rishi Sunakning aytishicha, Ruandaga noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan samolyotlar 10-12 hafta ichida havoga ko‘tariladi.

Bir necha oy davom etgan munozaralardan so‘ng, Britaniya parlamenti 23 aprel kuni Buyuk Britaniyaga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan boshpana izlovchilarni Ruandaga joylashtirish rejasini amalga oshiradigan qonun loyihasini qabul qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!