Bosh prokuratura Jizzaxda dars vaqtida vafot etgan o‘quvchi haqida ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Jizzaxda dars vaqtida vafot etgan o‘quvchi haqida ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yilining ilk kunida 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etganligi haqida xabar tarqalgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi taynlangan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, marhumaning o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab bo‘lgan.

Tekshirish harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!