Bog‘chada yig‘ilish o‘tkazib, mudiralarni qo‘rqitib yurgan «Prokuror» ushlandi

Bog‘chada yig‘ilish o‘tkazib, mudiralarni qo‘rqitib yurgan «Prokuror» ushlandi

Fuqaro Akmal Zairjonov 2019 yil 25 aprel kuni soat 15:00larda Guliston shahridagi 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga borib, o‘zini Sirdaryo viloyat prokuraturasi xodimiman , deb tanishtirib, rahbariyat topshirig‘iga asosan muassasani tekshirishga kelganini ayt gan. Muassasa mudirasi G.Uzo qova bilan bog‘chaning tarbiyalanuvchilari bo‘l gan xonalariga kirib aylanib, muassasa xodimlari bilan yig‘ilish o‘t kazgan.

Muassasa rahbari G.Uzo qovada ushbu shaxs prokuratura xodimi ekaniga shubha uyg‘ongani sababli viloyat prokuraturasiga xabar bergan va olingan tezkor ma’lumotlar asosida viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda A.Zairjonov ushlangan.

Surishtiruv jarayonida A.Zairjonovning xuddi shu kuni Guliston shahar Namuna mahallasida joylashgan 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi D.Babayevaga o‘zini Sirdaryo viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i , deb tanishtirib, mudiraga kelgusida xususiy bog‘cha ochish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qi lib, uni aldab, 400 ming so‘m pul mablag‘ini olgani aniqlandi. Bu xaqda Sirdaryo viloyat prokuraturasi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Viloyat prokuraturasi tomonidan A.Zairjonovga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat 26 aprel kuni fuqaro A.Zairjonov va u yashaydigan Guliston tumani Navoiy mahallasi va jinoyat sodir etilgan Guliston shahri Namuna mahallasida mahalla faollari, maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida muhokama qilinib, cho ra-tadbirlar belgilab olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!