Biznes-ombudsman bilan kelishgan holda 10 ta tadbirkorlik sub’ektida o‘tkazilgan tekshirishlarda 39 ta qoidabuzarlik aniqlandi

Biznes-ombudsman bilan kelishgan holda 10 ta tadbirkorlik sub’ektida o‘tkazilgan tekshirishlarda  39 ta  qoidabuzarlik aniqlandi

Biznes-ombudsman bilan kelishgan holda 10 ta tadbirkorlik sub’ektida o‘tkazilgan tekshirishlarda 39 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

AOKAda Inspeksiya axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda vazifalar ijrosi, tadbirkorlar va fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlili haqida ma’lumot berildi:

Transport nazorati inspeksiyasiga 2024 yil 1 choragida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 953 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 290 tasi to‘liq qanoatlantirilgan, 478 tasiga tushuntirish berilgan, 60 tasiga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 17 tasi ko‘rib chiqilishi tugatilgan, 3 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan yoki anonim bo‘lgan, 105 tasi o‘rganish jarayonida.

Yo‘l qurilish yo‘nalishidagi 70 ta murojaatda ko‘rsatilgan holatlarni o‘rganish va qoidabuzarliklarni baratarf etish uchun Biznes-ombudsman bilan kelishgan holda 10 ta tadbirkorlik sub’ektida tekshirishlar amalga oshirildi hamda 39 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha 23 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Nazorat qilish ishlari natijasida 1981,06 mln.so‘mlik aniqlangan sifatsiz bajarilgan ishlarning hajmini to‘lovdan chiqarish bo‘yicha buyurtmachilarga talabnomalar kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!