Bir kafeda tamaddi qilgan 18 kishi zaharlanib shifoxonaga tushdi

Bir kafeda tamaddi qilgan 18 kishi zaharlanib shifoxonaga tushdi

Ukrainaning Lvov viloyatida 18 kishi zaharlanib shifoxonaga tushdi, deya xabar beradi«RIA Novosti» axborot agentligi. Buni Lvov viloyati ma’muriyatining fuqarolarni himoya qilish masalalari bo‘yicha departamenti matbuot xizmati ham tasdiqlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 sentyabr kuni 6 kishi o‘tkir ichak infeksiyasi belgilari bilan shifoxonaga tushgan. Ularning barchasi viloyatning Skol shahridagi «Na gorke» kafesida ovqatlangan.

«17 sentyabr kuni soat 22:00larda jami 18 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ular orasida 2002 yil tug‘ilgan bir bola ham bo‘lgan», – deyiladi departamentning «Facebook»dagi sahifasida.

Xabar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!