Biologlar ilk umrboqiy mavjudotni aniqlashdi

Biologlar ilk umrboqiy mavjudotni aniqlashdi

Biologlar ilk umrboqiy mavjudotni aniqlashdi, deya xabar bermoqda darakchi.uz Hi-Tech News nashriga tayanib.

O‘lmaydigan mavjudot maqomi fan tilida Turritopsis nutricula meduzaga tegishli bo‘lib, uning kattaligi bor-yo‘g‘i 3-5 santimetrdir. Ushbu meduza turi o‘zini yoshartirish xususiyatiga ega. Uning organizmi katta yoshli holatga kelgach, dengiz tubiga cho‘kadi va xitin qobig‘iga o‘raladi. So‘ngra u o‘simtaga aylanadi.

Xitin qobig‘i ostida meduzaning barcha hujayralari butunlay yangilanadi va u rivojlanishining dastlabki holatiga qaytadi. Keyin esa meduza qobiqni yorib chiqib, to keksaymaguncha yashashda davom etadi. Shundan so‘ng jarayon yana takrorlanadi. Ushbu yosharish jarayoni sanoqsiz martalab qaytarilishi mumkin.

Hozirda olimlar ushbu fenomenni o‘rganishmoqda.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!