Bayden ma’muriyati yangi yordam bilan ham Ukraina Qurolli Kuchlari muvaffaqiyatiga ishonmaydi

Bayden ma’muriyati yangi yordam bilan ham Ukraina Qurolli Kuchlari muvaffaqiyatiga ishonmaydi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina Pentagondan yangi harbiy ta’minot olsa ham jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirishga qodirligiga ishonchi komil emas, deb yozadi Amerikaning Politico gazetasi.

Onlayn nashr ta’kidlaganidek, Bayden ma’muriyatining ba’zi vakillari Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga ko‘rsatadigan harbiy yordam yetarli bo‘lishiga "shubhali". Jurnalistlarning fikricha, so‘nggi bir necha oy ichida jangovar harakatlar dinamikasi sezilarli darajada o‘zgargan, rus qo‘shinlari ustunlikni saqlab qolgan.

Bundan tashqari, kongressmenlar Amerika ta’minoti Ukrainaga “Rossiyani mag‘lub etish”ga yordam bera oladimi yoki umuman Rossiya armiyasining olg‘a siljishini to‘xtata oladimi, degan xavotirda, deb yozadi nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!