“Barselona” 8 nafar murabbiy bilan aloqaga chiqqan

“Barselona” 8 nafar murabbiy bilan aloqaga chiqqan

“Barselona” Xavi jamoani tark etish ehtimoli borligi sababli 8 nafar murabbiy bilan aloqaga chiqqan.

24 aprel kuni Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga qaror qilgani haqida xabar berildi.

Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, Dekuning murabbiylik uchun asosiy nomzodi “Barselona B” ustozi Rafael Markes bo‘lgan.

Shuningdek, “ko‘k-anorranglilar” sport direktori Hans-Diter Flik (“Bavariya” sobiq murabbiyi), Tomas Tuxel (“Bavariya”), Roberto de Zerbi (“Brayton”), Rafl Rangnik (Avstriya terma jamoasi), Arne Slot (“Feyenoord”) va Andoni Iraola (“Bornmut”) kabi mutaxassislar bilan muloqot qilgan.

Undan tashqari, “Barselona”ning sobiq murabbiyi Luis Enrike ham nomzodlar qatorida bo‘lgan. Biroq ispaniyalik mutaxassis “PSJ”da qolishga qaror qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!