Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi

Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi

“Surxondaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan Bandixon tumani hokimligining tashkiliy masalalari hamda 2020-2022 yillarda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (58-son, 31.01.2020 y.).

Qarorga muvofiq, Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani hokimligi tashkil etildi. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

* davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining Bandixon tumanidagi bo‘linmalari ro‘yxati;

* tuman hokimligini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi;

* Bandixon tumanida 2020-2022 yillarda yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yo‘l-transport, muhandislik-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi.

Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish orqali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish hamda xizmatlar turlarini ko‘paytirish Dasturning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, tumanda adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 30 noyabrida Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Senatning qarorlari qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!