Avtomobil chiroqlari savdosi avjida: yangi qoidadan kimlar foyda ko‘zlagan? (video)

Avtomobil chiroqlari savdosi avjida: yangi qoidadan kimlar foyda ko‘zlagan? (video)

Bugungi kunda avtomobil chiroqlari bilan savdo qiluvchi do‘konlarda xaridorlar ko‘paygan. Bir kunda birgina do‘konda 30-40 ta mashina chiroqlari sotilmoqda — O‘zA muxbiri shu kunlarda keng muhokama qilinayotgan kunduzi avtomobil chiroqlarini yoqib yurish masalasida surishtiruv o‘tkazdi

Avtomobil ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvchi do‘konlarda yaqinni yorituvchi chiroqlarning 5 mingdan 200 ming so‘mgacha narxlanuvchi turlari mavjud. Aholining aytishicha, mazkur qonun amalga kirmasidan avval ularning narxi 10 foizga arzonroq bo‘lgan.

Shuningdek, avtomobilni o‘t oldirish bilan yoqilib, o‘chirish bilan birgalikda o‘chadigan chiroqlar ham mavjud. Ular 3500 so‘m bo‘lib, o‘rnatish ham 30-40 ming so‘m baholanadi. Haydovchilar chiroqlarni yoqib qoldirishdan xavfsirab, ana shunday o‘t oldirish bilan yoqiluvchi chiroqlarga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqdalar. Shu kunlarda esa avtomobil sozlovchi ustaxonalarda odam gavjum. Chiroqlar masalasi haydovchilar manzilini ustaxonaga qaratmoqda.

 

Haydovchilar chiroqlarni kuyib qolishi va qayta-qayta vaqt va pul sarflanishdan aziyat chekmoqda. 

Yangi qoida kuchga kirganiga 10 kun bo‘lganiga qaramay, ba’zi haydovchilar chiroqlarni bir necha bor almashtirganliklarini ta’kidlashmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa qisqa tutashuv tufayli chiroqlardan o‘t chiqqan avtomobillarning suratlari “urchimoqda“. “Avtoritet” do‘koni sotuvchi konsultantining fikricha, avtomobillar uchun mo‘ljallangan har qanday chiroqlar issiq kun davomida uzoq yoqib yurish oqibatida yong‘inga sabab bo‘ladi. U xoh Xitoy, xoh Yevropa mahsuloti bo‘lsin, uni ulab turuvchi moslama 72 mm bo‘lib, u qizib ketsa, qisqa tutashuvdan yong‘in sodir bo‘lishi mumkin.

 

Uzoq yoqilsa-da, kuyib qolmaydigan yoki yonib ketmaydigan chiroqlarning o‘zi mavjud emas. Lekin, “Led” chiroqlari maxsus sovitgichga ega ekani sababli qancha uzoq yoqilmasin, qizib ketmaydi. Biroq, “Led” chiroqlarini ishlatish bizda taqiqlangan bo‘lib, ular qarama-qarshi yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil haydovchisiga xalaqit qiladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan bo‘lgan “Akfa Lighting” kompaniyasi ham avtomobil chiroqlarini ehtiyot qismlar bozoriga olib kirgan. Ular bozorda yangi bo‘lgani uchun mahalliy ishlab chiqaruvchi chiroqlari do‘konlarda ko‘p emas.

 

Piyodalarning ko‘pchiligi esa oftobning tig‘ida chiroqlarni payqamaganliklarini tan olishmoqda.

 

Qayd etilishicha, ushbu yangi qoida hozirda aholi emas, ko‘proq chiroqlar ishlab chiqaruvchilar va ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi do‘kondor va avtomobil ustalarini xursand qilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!