Avtobus xaroba binoga borib urildi. Qurbonlar bor

Avtobus xaroba binoga borib urildi. Qurbonlar bor

Meksikaning g‘arbida ro‘y bergan yo‘l harakati hodisasi oqibatida 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 20ga yaqini jarohatlandi, deb xabar berdi Sinxua.

Baxtsiz hodisa Michoakan shtatida sodir bo‘ldi. Ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobusning tormoz tizimida chiqqan nosozlik tufayli u yo‘ldan chiqib ketib, tashlandiq uyga borib urilgan.

Favqulodda vaziyat xizmati xodimlari jarohatlanganlarni shifoxonaga zudlik bilan yetkazishgan.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!