Armanistonda Ozarbayjon bilan chegarani delimitasiya qilishga qarshi chiqqan bir necha o‘nlab namoyishchilar qo‘lga olindi

Armanistonda Ozarbayjon bilan chegarani delimitasiya qilishga qarshi chiqqan bir necha o‘nlab namoyishchilar qo‘lga olindi

Armaniston polisiyasi chegarani delimitasiya qilish va to‘rt qishloqni Ozarbayjonga o‘tkazishga qarshi chiqqan 42 kishini qo‘lga oldi, deb xabar berdi «TASS»ga Armaniston ichki ishlar vazirligi. Tavushdagi Armaniston-Ozarbayjon chegarasida delimitasiya doirasida 20 ta chegara ustunlari o‘rnatilgan. Bu haqda Armaniston hukumati Telegram’da ma’lum qildi.

Armaniston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yerevanda 30 kishi, Tavush viloyatida 12 kishi qo‘lga olingan. Shu hafta boshida Armanistonda 30 ga yaqin namoyishchi qo‘lga olingan edi. Armanistonning bir qancha viloyatlarida ular, jumladan, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘yishdi.

9 aprel kuni Armaniston va Ozarbayjonning davlat chegarasini delimitasiya qilish bo‘yicha komissiyalari bir qancha hududlarda chegaralarni delimitasiya qilish bo‘yicha kelishib oldi. Birinchi chegara ustuni 23 aprel kuni o‘rnatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!