Arab davlatlari urushdan keyin Turkiyaga G‘azo sektorida harbiy kuchlarini joylashtirishga ruxsat berishdan bosh tortdi

Arab davlatlari urushdan keyin Turkiyaga G‘azo sektorida harbiy kuchlarini joylashtirishga ruxsat berishdan bosh tortdi

Isroil va XAMAS o‘rtasidagi urushning dastlabki oylarida Turkiya bir qator arab davlatlarini urushdan keyin G‘azo sektoriga qo‘shma kuchlarni joylashtirishni o‘z ichiga olgan xavfsizlik rejasini shakllantirishni taklif qildi. Bu haqda arab diplomatiga tayanib Isroilning Kan 11 telekanali xabar berdi. Qayd etilishicha, Anqara ushbu arab davlatlari, xususan Misr orqali AQSh va Isroilga ushbu rejani taqdim etmoqchi bo‘lgan, biroq ikkinchisi tomonidan rad etilgan.

Manbaga ko‘ra, Turkiya G‘azo sektoridagi mojaro atrofida «o‘zini asosiy o‘yinchi sifatida ko‘rsatishga har tomonlama harakat qilmoqda». Anqara va Qohira o‘rtasidagi munosabatlar normallashganiga qaramay, ikkinchi va boshqa arab davlatlari «Falastin maydonida o‘rin olish uchun har qanday urinishlarga shubha bilan qaraydilar». Qayd etilishicha, shu sababli Turkiya, HAMAS rahbariyatiga mezbonlik qilib, sulh muzokaralarida muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Qatardan ajralib turishga harakat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!