AQShda giyohvand moddalarni sotishda gumon qilingan milliarder hibsga olindi

AQShda giyohvand moddalarni sotishda gumon qilingan milliarder hibsga olindi

AQShning Las-Vegas shahrida Broadcom kompaniyasi asoschilaridan biri, milliarder Genri Nikolas III hibsga olindi. Bu haqda Los Angeles Times’ga tayanib, News Liga xabar bermoqda.

Milliarder bir qator giyohvand moddalari — geroin, kokain, metamfetamin va ekstazini sotishda gumon qilinmoqda.

Giyohvand moddalar polisiya xodimlari tomonidan mehmonxona nomeridan topilgan. Polisiyani mehmonxona qo‘riqlash xizmati chaqirgan. Shuningdek, polisiya milliarderning hamrohi — Eshli Fargo ismli ayolni ham hibsga olgan. Keyinroq ularning ikkisi ham garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

Milliarderning advokati Devid Chesnoff uning jamoasi o‘z tergovini olib borishini ma’lum qilgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!