AQSh va Janubiy Koreya KXDR bilan yarashish uchun yirik harbiy mashqlarda ishtirok etishdan bosh tortdi

AQSh va Janubiy Koreya KXDR bilan yarashish uchun yirik harbiy mashqlarda ishtirok etishdan bosh tortdi

AQSh va Janubiy Koreya qo‘mondonlari hamkorlikda yirik Vigilant Ace harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu haqda Pentagon vakili Dana Uaytning so‘zlariga asoslanib «Interfaks» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tomonlar Shimoliy Koreyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha diplomatik harakatlarga xalaqit bermaslik uchun shunday qarorga kelgan.

Vigilant Ace – bu har yili o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlar. O‘tgan yili bunday mashqlar dekabr oyida o‘tkazilgan edi. Mashg‘ulotlarda AQSh va Janubiy Koreya harbiy havo kcuhlari ishtirok etgan edi.

2018 yilning iyun oyida Pentagon har yili o‘tkaziladigan Freedom Guardian AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari bekor qilinganini ma’lum qilgan edi. Bu harakat Koreya yarim orolidagi vaziyatni keskinlashtirmaslik maqsadida amalga oshirilgan edi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!