AQSh koronavirus sabab tanqidlar ostida qoldi

AQSh koronavirus sabab tanqidlar ostida qoldi

Germaniyaning iqtisodiyot va energetika qo‘mitasi rahbari Klaus Ernst AQShni koronavirus pandemiyasi davridagi sanktsiyalarni tanqid qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni sanksiyalar siyosati orqali o‘z qarashni boshqa davlatlarga bir tomonlama tatbiq etishga harakat qilmoqda va shu tariqa ularni o‘z iqtisodiyoti foydasiga noqulay ahvolga solmoqda. Uning ta’kidlashicha, AQSh tomonidan bunday yondashuv "nomaqbul"dir.

Ernstning ta’kidlashicha, Amerika tomonining xatti-harakatlari "oxir-oqibat ko‘plab hayotlarni yo‘q qiladi", xususan, Eron va Suriyada, sanktsiyalar tufayli dori-darmon va tibbiy buyumlarning etishmasligidan aziyat chekmoqda. "Sanksiyalarning muddatini uzaytirish emas, balki ularni olib tashlash bu davr talabi. “Va umid qilamanki, bu tushuncha Germaniya hukumati va boshqa Evropa Ittifoqi mamlakatlariga ham turtki bo‘ladi", dedi siyosatchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!