Anchelotti “Oltin to‘p”ga kim ko‘proq loyiq degan savolga javob berdi

Anchelotti “Oltin to‘p”ga kim ko‘proq loyiq degan savolga javob berdi

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2023—2024 yilgi mavsum yakunida braziliyalik Vinisius Junior va angliyalik Jud Bellinghem o‘rtasidagi “Oltin to‘p” uchun kurash haqida kinoya bilan fikr bildirdi.

“Oltin to‘pga kim ko‘proq loyiq: Vinisiusmi yoki Bellinghemmi? Ikkalasi ham”, — deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi El Chiringuito.

Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda qatnashib, 19 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portali futbolchining bozor qiymatini 150 million yevroga baholagan.

Bellinghem 36 ta o‘yinda 21 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining taxminiy narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!