Amnesty International Moldova hukumati Rossiya ta’siriga qarshilik ko‘rsatishga urinib, inson huquqlarini poymol etayotganini ma’lum qildi

Amnesty International Moldova hukumati Rossiya ta’siriga qarshilik ko‘rsatishga urinib, inson huquqlarini poymol etayotganini ma’lum qildi

Xalqaro inson huquqlari tashkiloti Amnesty International Moldova hukumati Rossiya ta’siriga qarshilik ko‘rsatishga urinib, inson huquqlarini poymol etayotganini ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, Moldova axborot va xavfsizlik xizmati 22 ta portalga, asosan ruslarga tegishli bo‘lgan portallarga kirishni to‘sib qo‘ygan va oltita telekanal ko‘rsatuvini “keskinlik yoki ijtimoiy mojaroga olib kelishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatgani uchun” to‘xtatgan. Amnesty International tashkiloti xabariga ko‘ra, bunday harakatlar iste’molchilar huquqlarini buzish hisoblanadi.

Huquq faollari “Shor” partiyasi faoliyatining taqiqlanishini ham inson huquqlarining buzilishi, deb hisobladi.

Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, Moldovada huquq-tartibot xodimlari tomonidan inson huquqlarini buzilgan bo‘lsa-da, ular jazosiz qolmoqda va mamlakat qamoqxonalaridagi mahbuslar zarur tibbiy yordamdan mahrum bo‘lishda, ularga qiynoq hamda g‘ayriinsoniy muomalalar davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!