Alyaska sohillari yaqinida 7,4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Alyaska sohillari yaqinida 7,4 balli  zilzila sodir bo‘ldi

AQShning Alyaska shtati sohillari yaqinida 19 oktyabrda kuchli zilzila yuz berdi. Zilzila kuchi 7,4 magnitudani tashkil qilgan.

AQShning sunamidan ogohlantirish milliy markazi sunami yuzaga kelishi xavfi borligini ma’lum qilgan.

Seysmologlar ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Send-Poynt aholi punktidan 94 km janubda, o‘chog‘i esa 41 km chuqurlikda joylashgan.

Jabrlanganlar va vayrongarliklar borligi haqida hozircha ma’lum qilinmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!