4ta hududda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

4ta hududda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “V.B.” MCHJ rahbari B.R. xo‘jalikning yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasoslarini tarmoqqa elektr hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, jami 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi va hududiy ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “U.B.” fermer xo‘jaligi rahbari U.R. xo‘jalik suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, 223,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.U.” va “Q.D.” fermer xo‘jaligi rahbarlari yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 215,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “V.J.” fermer xo‘jaligida hamda YATT A.A.ning avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr uskunalari hisoblagichdan tashqari elektr tarmoqlariga ulanib, jami 146,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!