Gruziya milliy jamoasi a’zolari «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlanishdi

Gruziya milliy jamoasi a’zolari «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlanishdi

Gruziya milliy jamoasi futbolchilari Yevro-2024dagi o‘yinlaridan so‘ng «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlanishdi.

Gruziya qit’a chempionatidagi debyutidayoq guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘ldi va so‘ng 1/8 finalda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (1:4).

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili milliy jamoa futbolchilari, shuningdek, murabbiylar shtabi va futbol federasiyasi vakillarini «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirladi. Taqdirlash marosimi Tbilisidagi «Ozodlik» maydonida o‘rnatilgan sahnada bo‘lib o‘tdi.

Muxlislar Germaniyadagi turnirdan qaytgan o‘yinchilarni kutib olishganidan so‘ng, Zurabishvili sahnaga chiqib, milliy jamoa a’zolari va futbol federasiyasi rahbariyatiga mukofotni topshirdi.

«Shon-sharaf» ordeni Gruziyaning davlat mukofoti bo‘lib, davlat va jamoat faoliyatining turli sohalarida qo‘shgan xizmatlari uchun mamlakat fuqarolariga beriladi. Orden bilan taqdirlanganlar orasida aktyor Vaxtang Kikabidze, rejissyor Eldar Ryazanov, xonanda Zurab Sotkilava va futbolchi Manuchar Machaidze bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!