Qozog‘istonda tug‘ilishlar soni ketma-ket ikkinchi yil pasaymoqda

Qozog‘istonda tug‘ilishlar soni ketma-ket ikkinchi yil pasaymoqda

Qozog‘istonda tug‘ilish ikkinchi yil ketma-ket pasaymoqda. Mutaxassislarning fikricha, demografik ko‘rsatkich yaqin besh yilda ham pasayishda davom etadi, deya xabar beradi Olmaota telekanali.

Telekanalning Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, joriy yilning birinchi choragida deyarli 92 ming chaqaloq dunyoga kelgan. Bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga kam.

"Tug‘ilishning pasayishi uning kechiktirilishi emas, bu, birinchi navbatda, pandemiya yillarida 80 yillardagi ayollarning reproduktiv istaklarini ro‘yobga chiqarganligidir.

Va ikkinchi nuqta: 90-yillarning avlodi faol reproduktiv yoshga kirdi. Hozirgi tendensiyalarni hisobga olsak, Qozog‘istonda tug‘ilish darajasi asta-sekin pasayadi, deb aytishimiz mumkin", - dedi demograf Ayaulim Sag‘inboyeva.

Mutaxassislar Qozog‘istondagi pasayishning asosiy sabablari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy omillarni ko‘rsatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!