"Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da matematika bo‘yicha o‘zbekistonlik terma jamoa a’zolarining barchasi medallarni qo‘lga kiritdi

 "Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da matematika bo‘yicha o‘zbekistonlik terma jamoa a’zolarining barchasi medallarni qo‘lga kiritdi

Xitoyda xalqaro yig‘inda ishtirok etayotgan Matematika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi intellektual oromgoh qatnashchilari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Mazkur xalqaro tayyorgarlik 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida o‘tkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan o‘ziga xos sinov vazifasini bajarmoqda.

➡️ Natijalarga ko‘ra:

⏺Axtamov Ozodbek To‘lqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal

⏺Boboqulov Asadbek Sayfiddin o‘g‘li – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik liseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⏺G‘affarov Rasulbek Hamza o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⏺Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⏺Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

⏺ Jaylovov To‘lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

✅ Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 iyun – 3 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a’zolari va trenerlari “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!