Tanzila Narbayeva O‘zbekiston sport delegasiyasini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimida ishtirok etdi

Tanzila Narbayeva O‘zbekiston sport delegasiyasini Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimida ishtirok etdi

Senat raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston sport delegasiyasini Parij-2024-yozgi Olimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimida ishtirok etdi. T. Narbayeva sportchilarimizga omad tiladi.

"Aziz sportchilarimiz,

So‘nggi yillarda sizlar olimpiadalarda misli ko‘rilmagan natijalarni olib kelyapsiz. Sport lisenziyalarini qo‘lga kiritish oson emas. Buning ortida nafaqat sizning tinimsiz mehnatingiz, balki ota-onangizning sizga bo‘lgan ishonchi, tarbiyasi, murabbiylaringizning mehnati samarasi va eng avvalo, davlatimiz tarafidan sportga bo‘lgan e’tibor, yaratilayotgan shart- sharoitlar turadi.

Ayniqsa sportchilarimiz ichida qizlarimiz soni ko‘payib borayotganligini ko‘rib juda ham g‘ururlanaman.

Bugun har biringiz O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarish, yurtimiz sha’nini butun dunyoga yana bir bor namoyon etishni o‘z oldingizga maqsad qilib qo‘ygansiz. Bu nafaqat sizning shaxsiy g‘alabangiz, balki O‘zbekistonning umumiy g‘alabasi ham bo‘ladi.

Bu maqsadingizga erishishingizga ishonamiz, omad yor bo‘lsin!"


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!