Qozog‘istonda gaz narxi oshdi

Qozog‘istonda gaz narxi oshdi

Qozog‘istonda 1 iyuldan suyultirilgan neft gazi (avtogaz) narxlari o‘rtacha 12 foizga, tabiiy tovar gazi (metan) iste’molchilarning ayrim toifalari (yirik savdo korxonalari va maynerlar) uchun 50 foizga oshdi. Bu haqda Energy Monitor xabar berdi.

“Bugungi kunda Qozog‘istonda gazning ulgurji narxi dunyodagi eng past narxlardan biri bo‘lib, taxminan 20 640 tenge/ming m3 ni tashkil qiladi. Masalan, qo‘shni Rossiyada narxlar 35 000 tenge/ming m3 darajasida.

Qozog‘istonda tovar gazi narxining ushlab turilishi mamlakatning ayrim hududlarida (Qizilo‘rda, Aqto‘be, Atirau viloyatlari) tannarxning tasdiqlangan narxlardan 150-200 foizga oshishiga olib keldi, shuningdek, mahalliy ishlab chiqarish salohiyatining yillik pasayishi kuzatildi.

Energetika vazirligining fikricha, past narxlar gaz sohasining investision jozibadorligini pasaytiradi va kon foydalanuvchilari gaz konlarini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lmaydi. Yaqin yillarda gaz iste’moli 2023 yilda 18,5 mlrd m3 dan 2028 yilga kelib 32,1 mlrd m3 gacha keskin oshishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!