«Beril» to‘foni Meksika qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda

«Beril» to‘foni Meksika qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda

Beshinchi toifali «Beril» to‘foni 4 iyul kuni Yukatan yarimorolining Meksika qirg‘oqlariga etib boradi. Bu haqda mamlakat milliy meteorologiya xizmati bayonot berdi.

Meteorologlar 4 iyuldan boshlab «Beril» havo massasi Yukatan yarimorolida mahalliy darajada kuchli yog‘ingarchilik, shamol va baland to‘lqinlarni keltirib chiqarishi kutilayotganini ma’lum qilishgan.

Meksika prezidenti aholini tegishli xizmatlarning ogohlantirishlarini diqqat bilan kuzatishga va ularning tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!