Erdo‘g‘on: "Evropa chempionatida Avstriyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqqan jamoamizni chin yurakdan tabriklayman"

Erdo‘g‘on: "Evropa chempionatida Avstriyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqqan jamoamizni chin yurakdan tabriklayman"

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalida Turkiya va Avstriya terma jamoalari 2 iyul, seshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Unda Turkiya jamoasi Demiralning dubli evaziga raqiblarini mag‘lub etdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on milliy jamoasini Yevro—2024 chorak finaliga yo‘l olgani bilan tabrikladi.

“Evropa chempionatida Avstriyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqqan futbol jamoamizni chin yurakdan tabriklayman.

Yigitlarimizga chempionlik yo‘lida muvaffaqiyatlar tilayman”, — deb yozdi Turkiya prezidenti o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Murabbiy Vinchenso Montella shogirdlari keyingi bosqichda Niderlandiyaga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!