O‘zbekistonda endi yo‘l ob’ektlari alohida ruxsatnoma olingandan so‘ng quriladi va ta’mirlanadi

O‘zbekistonda endi yo‘l ob’ektlari alohida ruxsatnoma olingandan so‘ng quriladi va ta’mirlanadi

“Yo‘llar va yo‘l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta’minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Ruxsatnoma olmasdan turib yo‘l ob’ektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va ta’mirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qo‘ymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini ko‘rmaslik, shuningdek, qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng yo‘l ob’ektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida prezident avtomobil yo‘llari qurilishida talon-torojlikka chek qo‘yish bo‘yicha tizim yaratishni topshirgandi. O‘shanda yig‘ilishda avtomobil yo‘llari tizimida eskicha yondashuvlarga barham berish zarurligi ta’kidlangan edi. Yo‘l qurilishida yashirin iqtisodiyot ulushi ancha yuqoriligi qayd etilib, buni nazorat qiladigan Transport inspeksiyasining faoliyati juda sustligi ko‘rsatib o‘tilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!