“Jang chizig‘i Xarkovga shu qadar yaqinki, Ukraina Rossiyaga zarba bera olmasa, o‘z hududini himoya qilishi qiyin bo‘ladi”

“Jang chizig‘i Xarkovga shu qadar yaqinki, Ukraina Rossiyaga zarba bera olmasa, o‘z hududini himoya qilishi qiyin bo‘ladi”

Defense News'ga ko‘ra, AQSh va Yevropa davlatlarining bir qator yuqori martabali amaldorlari, jumladan, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina Qurolli Kuchlarining Rossiyaga qarshi zarbalariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni talab qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida AQSh ma’muriyati Rossiyaning Xarkov yaqinidagi hududlariga Amerika qurollari bilan zarba berishga rozi bo‘lganidan so‘ng darhol AQSh va Yevropaning bir qator rasmiylari qolgan cheklovlarni bekor qilish tarafdori bo‘lishdi. Aniqlik kiritilishicha, ulardan biri bosh kotiblik lavozimini tark etayotgan Stoltenberg bo‘lgan.

Defense News xabariga ko‘ra, iyun oyida Bryusselda NATO mudofaa vazirlari bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan sal oldin u jurnalistlar bilan shu mavzuda suhbatlashgan.

Alyans bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, “jang chizig‘i Xarkovga shu qadar yaqinki, Ukraina Rossiyaga zarba bera olmasa, o‘z hududini himoya qilishi qiyin bo‘ladi”. Bundan tashqari, u Kiyev Rossiya Federasiyasi bilan "eskalasiyaning oldini olish istagi tufayli yo‘qotishlarga duch kelmasligi kerak" degan fikrni bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!