FIDE reytingi yangilandi: O‘zbekistonning besh nafar shaxmatchisi top 100 likdan joy oldi

FIDE reytingi yangilandi: O‘zbekistonning besh nafar shaxmatchisi top 100 likdan joy oldi

Jahon shaxmat federasiyasi iyun oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

FIDE reytingi yangilandi: O‘zbekistonning besh nafar shaxmatchisi top 100 likdan joy oldi

Foto: FIDE

Reytingda Nodirbek Abdusattorov 6-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oydagi o‘rnidan bir pog‘ona pastladi. Javohir Sindorov 54-o‘ringa ko‘tarildi. U o‘tgan oydagi reytingda 60-o‘rinda qayd etilgan edi. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (43-o‘rin) ham o‘rin olgan. Avvalgi oyda kuchli 100 likni tark etgan Nodirbek Yakubboyev ushbu oyda 84-o‘rinda qayd etilgan. Uzchess Cup turnirida muvaffaqiyatli qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi eng kuchli 100 shaxmatchilar kiritilgan reytingdan joy oldi. 2643 reyting ochkosiga ega shaxmatchi Shamsiddin Vohidov 95-o‘rinda qayd etilgan.

Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda 1-o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov 6-o‘rinni egallab turibdi.

FIDE reytingi yangilandi: O‘zbekistonning besh nafar shaxmatchisi top 100 likdan joy oldi

Foto: FIDE

Ma’lumot uchun, Mukofot jamg‘armasi 166 ming AQSh dollarini tashkil etadigan “Uzchess Cup” turnirida Nodirbek Abdusattorov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

FIDE reytingi yangilandi: O‘zbekistonning besh nafar shaxmatchisi top 100 likdan joy oldi

Foto: Grandchesstour

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida Grand Chess Tour 2024 musobaqasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Yakunlangan 6 turdan so‘ng Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko to‘plab, 8-o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!