Ruminiya, Bolgariya va Turkiya Qora dengizdagi minalarni tozalash bo‘yicha qo‘shma operasiyani boshladi

Ruminiya, Bolgariya va Turkiya Qora dengizdagi minalarni tozalash bo‘yicha qo‘shma operasiyani boshladi

Ruminiya, Bolgariya va Turkiya Qora dengizdagi minalarni tozalash bo‘yicha qo‘shma operasiyani boshladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Uch davlat operasiya davomida yuk tashish xavfsizligini yaxshilash, ayniqsa Ukraina donini eksport qilish uchun Qora dengiz akvatoriyasidagi minalarni qidirish va ularni zararsizlantirishni amalga oshiradi. Ukraina dengiz yo‘lagi ochilgan 2023 yil avgustidan buyon Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlaridan 37,4 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!