Janubiy Koreya 18 milliard dollarlik kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturini e’lon qildi

Janubiy Koreya 18 milliard dollarlik kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturini e’lon qildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol kichik tadbirkorlarga umumiy qiymati 25 trillion von (18 milliard dollar) bo‘lgan yordam dasturini joriy etishni buyurdi.

Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

«Mikrobiznes egalari COVID-19 pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rdi va hali ham kurashmoqda. Bizning rejamiz populistik naqd pul tarqatish o‘rniga, tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashga juda muhtoj bo‘lgan kichik tadbirkorlarga jiddiy, puxta ishlab chiqilgan yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi», — deya prezidentning Seulda mamlakatning ikkinchi yarmidagi iqtisodiy siyosatini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilishda so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

Dasturda, xususan, kichik korxonalarning pandemiya davrida yuzaga kelgan qarzlarini restrukturizasiya qilish, kommunal to‘lovlarni to‘lash uchun subsidiyalar, shuningdek, kichik biznes sub’ektlariga binolarni imtiyozli shartlarda ijaraga bergan mulk egalariga soliq imtiyozlari berish ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!