“One Chip Challenge” chipsining xavfsizligi tekshirilmagan – Sanepidqo‘mita

“One Chip Challenge” chipsining xavfsizligi tekshirilmagan – Sanepidqo‘mita

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida “One Chip Challenge” chipsini iste’mol qilish bo‘yicha chellenj boshlangani, bu esa salomatlik bilan bog‘liq bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi holatga munosabat bildirdi.

“Fuqarolarimizdan “Ushbu mahsulot O‘zbekistonga ham olib kelinganmi?”, “Mahsulotga Sanepidqo‘mita tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosa berilganmi?” degan savollar kelib tushmoqda.

Sanepidqo‘mita tomonidan “One Chip Challenge” mahsuloti uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berilmaganini, shu bilan birga ushbu mahsulotga xulosa olish bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan murojaat ham bo‘lmaganini ma’lum qilamiz”. Shu o‘rinda fuqarolarimizdan xavfsizligi tekshirilmagan oziq-ovqat mahsulotlarni xarid qilmaslikni va iste’mol qilmaslikni so‘raymiz.
deyiladi munosabatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!