Aybdor mansabdor shaxslar ishi ko‘rib chiqildi

Aybdor mansabdor shaxslar ishi ko‘rib chiqildi

Navoiy viloyati sudlari tomonidan 2024 yilning 1-yarmi mobaynida davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining haqiqiy emas deb topilgan qarorlari to‘g‘risida rasmiy ma’lumot e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2024 yilning 1-yarmi davomida Navoiy viloyat hamda tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan 444 ta ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ko‘rib tamomlangan. Ularning 250 tasi qanoatlantirilgan, 141 tasi rad qilingan, 31 tasi esa ish yuritishdan tugatilgan hamda 22 ta ariza ko‘rmasdan qoldirilgan.

Jumladan, hokim qarorini haqiqiy emas hamda mahalliy hokimlik mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish haqida 25 ta ish ko‘rilgan. Ularning 17 tasi qanoatlantirilgan, 24 tasi rad qilingan, 3 tasi ish yuritishdan tugatilgan hamda 1 ta ariza ko‘rmasdan qoldirilgan.

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi qarorlarini haqiqiy emas hamda mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish haqida 173 ta ish ko‘rilgan bo‘lsa, shundan 156 tasi qanoatlantirilgan, 9 tasi rad qilingan, 7 tasi ish yuritishdan tugatilgan.

Soliq organi qarorlarini haqiqiy emas hamda mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish haqida 50 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, ularning 25 tasi rad qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi qarorlari yuzasidan 60 ta, bojxona organi qarorlari yuzasidan esa 3 ta holat ko‘rib chiqilgan. Ko‘rib chiqilgan holatlar yuzasidan sudning tegishli qarorlari e’lon qilingan.

Shuningdek, Navoiy viloyat va tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan 2024 yilning 1-yarmi davomida ishlarni ko‘rish jarayonida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan 111 ta xususiy ajrimlar chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!