Shaxmat: bugun Abdusattorov Uesli So bilan bellashadi

Shaxmat: bugun Abdusattorov Uesli So bilan bellashadi

Ruminiya poytaxti Budapesht shahrida o‘tayotgan "Superbet Chess Classic Romania" turnirining 7-turida Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Kecha o‘tkazilgan 6-turda hamyurtimiz Niderlandiya sharafini himoya qilayotgan Anish Giri bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 40-yurish holatiga kelib tomonlar murosa yo‘lini tanlashi mumkin edi. Biroq teng imkoniyatlar holatidagi bahs 95-yurishgacha davom etdi va kutilganidek har ikki shaxmatchi durangga erishdi.

Bugun, 3 iyul kuni o‘tkaziladigan 7-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Uesli So bilan kurash olib boradi.

Musobaqa jadvalini hali-hamon AQShlik Fabiano Karuana boshqarib bormoqda. U kecha o‘tkazilgan 6-turda Yan Nepomnyashiy bilan murosa yo‘lini tanladi. Keyingi o‘rinlardan joy olgan Dommaraju Gukesh, Alireza Firuzdja va Rameshbabu Praggnanandha hisobida 3,5 ochko mavjud.

Nodirbek Abdusattorov bo‘lsa 2,5 ochko bilan 7-qatorda bormoqda.

9 turdan iborat "Superbet Chess Classic Romania" turniri 5 iyulga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!