Ronaldu Yevro-2024ning eng yomon futbolchisi bo‘lib turibdi

Ronaldu Yevro-2024ning eng yomon futbolchisi bo‘lib turibdi

Krishtianu Ronaldu hali Yevropa chempionatida birorta ham gol ura olmadi.

Portugaliyalik yulduz allaqachon uchta gol urishi mumkin edi - u tomonidan kutilgan gollar (xG) 2,9 ni tashkil etadi.

WhoScored ekspertlari urilgan gollar ko‘rsatkichidan kutilgan gollar ko‘rsatkichini ayirib, Yevro-2024ning eng yomon o‘yinchilarini aniqlashdi. Eng yomoni ko‘rsatkich -2,9 ball bilan Ronalduda qayd etilgan.

Reytingning ikkinchi qatorida Romelu Lukaku (-2,3) o‘rin olgan bo‘lsa, Kay Xavers (-2) kuchli uchlikka yakun yasagan. Keyingi o‘rinlarda Lamin Yamal (-1,8), Aleksandr Mitrovich (-1,8), Antuan Grizmann (-1,6) va Kilian Mbappe (-1,5) egallagan.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Sloveniyaga qarshi o‘yinda Krishtianu Ronaldu penaltidan foydalana olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!