Poytaxt bojxonachilari salkam 3 mlrd so‘mlik matolarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga urinishlarni fosh qilishdi

Poytaxt bojxonachilari salkam 3 mlrd so‘mlik matolarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga urinishlarni fosh qilishdi

Bojxona to‘lovdaridan taqdim qilinayotgan imtiyozlar mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish uchun nazarda tutilgan. Ammo, bu boshqa turdagi tovarlarni ham ayni shu imtiyoz asosida olib kirish imkonini bermaydi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari respublikamizga yirik miqdordagi to‘qimachilik matolarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga bo‘lgan urinishlarning oldini olishdi.

“Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida vniqlangan dastlabki holatda poytaxtimizdagi ma’suliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 106 ming m.kv. o‘lchamdagi matolar bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, ushbu tovarlarga tegishli kodlar qarang-ki, bojxona yuk deklarasiyasida noto‘g‘ri qayd etilgani aniqlandi. Shu tariqa qiymati 2 mlrd 128 mln so‘mlik matolarni imtiyoz asosida ya’ni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga bo‘lgan urinishning oldi olindi.

Mazkur postda aniqlangan xuddi shunday yana bir holatda ham bojxona yuk deklarasiyasida tovar kodini noto‘g‘ri tasniflash orqali qiymati 784 mln so‘mlik salkam 13 tonna matolarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga bo‘lgan urinishning oldi olindi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt bojxonachilari joriy yilda aniqlangan 4,4 mingdan ziyod bojxona qonunbuzilish holatlarida qiymati 141 mlrd. so‘mdan oshiq bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishgan.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!