Turkiyada suriyalik muhojirlarga qarshi zo‘ravonlik namoyishlarida ishtirok etgan 474 kishi hibsga olindi

Turkiyada suriyalik muhojirlarga qarshi zo‘ravonlik namoyishlarida ishtirok etgan 474 kishi hibsga olindi

Turkiya polisiyasi 2 iyul kuni suriyalik muhojirlarga qarshi qaratilgan namoyishlarda ishtirok etgan 474 fuqaroni hibsga olgan. Bu haqda “Kibris postasi”manbasi xabar berdi.

Tartibsizliklar 30 iyun kuni yuz bera boshlagan. Suriyadan kelgan erkakning 5 yoshli bolaga nisbatan zo‘ravonlik xatti-harakatlari sodir etishi oqibatida mahalliy aholi ommaviy tarzda muhojirlarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir eta boshlagan.

Zo‘ravonliklar Turkiyaning Kayseri shahridan boshlangan. Keyinchalik mamlakat markaziy mintaqalari bo‘ylab ko‘plab shaharlarga yoyilgan.

Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya holat yuzasidan maxsus bayonot bergan. Mamlakat bo‘ylab 474 kishi hibsga olingani tasdiqlangan. Ular bilan tergov harakatlari davom ettirilayotgani aytilgan.

“Kayseridagi dahshatli voqea ortidan kecha tunda mamlakatimiz bo‘ylab ba’zi shaharlarda suriyaliklarni nishonga olgan provokasion harakatlar amalga oshirildi. Harakatlar bostirilgan. Vaziyat nazorat ostida” — degan holat yuzasidan munosabat bildirib Ali Yerlikaya.

Turkiya Ichki ishlar vazirligi hibsga olinganlar yuzasidan hayratlanarli statistika e’lon qilgan. Unga ko‘ra, qo‘lga olingan 474 kishidan 285 nafarida odam savdosi, bosqinchilik, giyohvand modda tashish, talonchilik, o‘g‘irlik, mulkka zarar yetkazish, jinsiy zo‘ravonlik, firibgarlik, qalbaki pul ishlab chiqarish, tahdid, haqorat qilish bandlari bo‘yicha jinoiy qaydlar mavjud. Rasmiylar bu shaxslar ishtirokida tashkil etilgan namoyishlarni oldindan uyushtirilgan provokasiya deb atagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!