Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta tiklanuvchi energiya manbalari keng joriy etilmoqda

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qayta tiklanuvchi energiya manbalari keng joriy etilmoqda

Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda energiyaning qayta tiklanadigan ekologik toza manbalari — quyosh va shamol quvvatidan foydalanishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.

Jumladan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham energiya barqarorligini ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida dadil qadamlar tashlandi va salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Buni hozirda kombinatning 50 dan ortiq tarkibiy bo‘linmalar va ijtimoiy soha ob’ektlarida jami 10 megavatt quvvatli A klass toifadagi quyosh panellari o‘rnatilganligi ham ko‘rsatmoqda. Ularda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi kombinat ichki ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilib, foydali ish koeffisiyenti 21,3 foizni tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!