Yo‘l ob’ektlarini qurilish va ta’mirlash ishlari alohida ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi

Yo‘l ob’ektlarini qurilish va ta’mirlash ishlari alohida ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi

“Yo‘llar va yo‘l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta’minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-241-son, 01.07.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 sentyabrdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

🔹jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi ob’ektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l ob’ektini har qanday ko‘rinishda ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi;

🔹ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlari davlat xizmatlari markazlari hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali 5 kun muddatda ko‘rsatiladi;

🔹ruxsatnoma yo‘l ob’ektini balansida saqlovchi viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklari yoxud boshqa tashkilotlar tomonidan, kommunikasiya tarmoqlaridagi avariya bilan bog‘liq yoki boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda esa tuman (shahar) hokimligi tomonidan beriladi;

🔹ruxsatnomada yo‘l ob’ektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish huquqi berilgan shaxs, qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishning maqsadi va muddati, ruxsatnomaning haqiqiyligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod, shuningdek, ushbu muddat ichida yo‘l ob’ektining avvalgi holatini tiklamaslik tegishli ma’muriy va fuqaroviy javobgarlikka sabab bo‘lishi haqida ogohlantirish ko‘rsatiladi;

🔹yo‘l ob’ektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish vaqtida ruxsatnoma hamma uchun ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yilishi yoki har qanday shaxsning birinchi talabiga ko‘ra taqdim etilishi shart hisoblanadi;

🔹ruxsatnoma olmasdan turib yo‘l ob’ektida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, qurilish va ta’mirlash ishlari maydonida belgilangan tartibda ruxsatnomani ilib qo‘ymaslik yoki taqdim etmaslik, qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan joyda xavfsizlik choralarini ko‘rmaslik, shuningdek, qurilish va ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng yo‘l ob’ektining avvalgi holatini tiklash bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!