Rossiya suv osti kemalari Ukraina urushi boshlanganidan beri Irlandiya dengizida ikki marta operasiya o‘tkazdi — Bloomberg

Rossiya suv osti kemalari Ukraina urushi boshlanganidan beri Irlandiya dengizida ikki marta operasiya o‘tkazdi — Bloomberg

Gap hujum qiluvchi “Kilo” tasnifidagi suv osti kemalarining mintaqadagi harakatlari haqida bormoqda, ular “Kalibr” qanotli raketalari, torpedalar va dengiz minalari bilan jihozlangan.

Kremlning bu misli ko‘rilmagan qadami Buyuk Britaniya Britaniya harbiylarini Britaniya va Irlandiya suvlarini himoya qilish choralarini kuchaytirishga majbur qildi, deb yozadi agentlik.

"Rossiya suv osti kemalaridan biri bir yarim yil oldin Irlandiya dengizi hududida kuzatilgan, ikkinchi hodisa yaqinda sodir bo‘lgan", — deya ma’lum qildi Bloomberg manbalari.

Rossiya suv osti kemalarining Buyuk Britaniya va Irlandiya qirg‘oqlarida paydo bo‘lishi Britaniya mudofaasidagi zaif tomonlarni aniqlash va uning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashiga javoban Londonni qo‘rqitishga urinish bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi Bloomberg suhbatdoshlari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!