Toshkent tumanida vaqtincha saqlash uchun topshirilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Toshkent tumanida vaqtincha saqlash uchun topshirilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.R.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilib, “B.R.” MCHJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan jami 4 015 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ushbu MCHJni norasmiy boshqarib kelgan D.A. va boshqalar tomonidan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!