Giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan guruh fosh bo‘ldi

Giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan guruh fosh bo‘ldi

Farg‘onada huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasini sotmoqchi bo‘lgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Akmal Yusupov bir necha bor sudlanib, qamoqda o‘tirgan bo‘lsada, hayotda o‘z yo‘lini topa olmadi. Osongina pul topishni o‘ylab, o‘z atrofiga bir necha hamtovoqlarini yig‘di. Tojikistonda yashovchi boshqa shaxslarga “gashish” giyohvandlik vositasini buyurtma qilib, uni aylanma yo‘llar orqali olib o‘tishni rejalashtirgan. Farg‘ona shahriga tashib keltirilgan giyohvandlik moddasini yashash xonadonida saqlab, uni bir qismini dastlabki tergovda aniqlashni imkoni bo‘lmagan shaxslarga sotgan. Qolgan qismini miqdorini oshirish maqsadida T.Rasulov va A.Soliyevlar bilan qayta ishlab, tayyor sof vazni 21,579 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini kelgusida sotish uchun A.Yusupovning uyiga yashirgan.

U jinoiy harakatlarini davom ettirib, Tojikiston Respublikasida yashovchi boshqa shaxs bilan gaplashib, pulini keyin berish evaziga 3 kilogrammdan ortiq bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini sotib olishga kelishgan. Kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan “yuk”ni uyiga olib kelib, bir bo‘lagini qoldiradi. Olti bo‘lak giyohvandlik moddasini boshqa shaxsga yetkazib berish uchun O.Toshboyevga topshirgan. U 2186 gramm “gashish”ni avtomashinasining xufiyona joyiga yashirib, Toshkent shahriga yo‘lga chiqadi.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur giyohvandlik vositasi fosh etildi. Tadbirlar davomida A.Yusupovning ham qabih ishlariga chek qo‘yildi.Uning yashash xonadonidan 7,01 gramm “opiy”, 0,63 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlanib, rasmiylashtirilib olindi. Shuningdek, A.Soliyev Qirg‘iz Respublikasidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini aylanma yo‘llar orqali olib o‘tib, uning savdosi bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi.

Sud hukmiga ko‘ra, A.Yusupov o‘ta xavfli residivist deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Uning sheriklari A.Soliyevga 15 yil, T.Rasulovga 14 yil 6 oy, O.Toshboyevga 14 yil muddat ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!