Bayden Tramp bilan teledebatda muvaffaqiyatsizligi sabablarini tushuntirdi

Bayden Tramp bilan teledebatda muvaffaqiyatsizligi sabablarini tushuntirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp bilan teledebatdagi muvaffaqiyatsiz chiqishini tadbirdan biroz oldin xorijga safarga chiqqani bilan izohladi.

Amerika rahbarining so‘zlarini Oq uy matbuot xizmati keltirgan.

«Men bahs oldidan dunyo bo‘ylab bir oz sayohat qilishga qaror qildim. Men yordamchilarimning gaplariga quloq solmadim va shu sababli sahnada deyarli uxlab qolibman», dedi u Virjiniya shtatining Maklin shahrida o‘tkazilgan saylovoldi kampaniyasida mablag‘ yig‘ish chog‘ida.

«Bu bahona emas, balki tushuntirish», - deya ta’kidladi Amerika prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!