AQShda Demokratlar partiyasidan bo‘lgan Kongress vakili Jo Baydendan iste’foga chiqishni talab qildi

AQShda Demokratlar partiyasidan bo‘lgan Kongress vakili Jo Baydendan iste’foga chiqishni talab qildi

AQShda Demokratlar partiyasi vakili, Kongress deputati Lloyd Dogget amaldagi prezident Jo Baydendan iste’foga chiqishni talab qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Lloyd Dogget o‘z bayonotini 2 iyul kuni Texas shtatidan turib e’lon qilgan. Chunki vakilning o‘zi Texas shtatidan Kongressga tayinlangan. Uning prezidentga yo‘llagan notasi keskin muhokamalarni keltirib chiqargan. Dogget o‘z bayonotida Kongress a’zolarining ko‘pchiligi prezident iste’fosi haqida umumiy fikrda ekanini oshkor qilgan.

“Men bir paytlar Lindon Jonson vakillik qilgan Kongress okrugining e’tiborli vakiliman. Aytishim mumkinki, turli qiyin vaziyatlar sabab Jonson vazifasidan ketish haqida og‘riqli xulosaga kelgan edi. Bayden ham shunday qilishi kerak”, — degan Lloyd Dogget.

Doggetning bayonoti o‘tgan hafta Baydenning sobiq prezident Donald Trampga qarshi samarasiz debatlari ortidan partiya xavotirlarini bostirishga urinayotgan prezident va uning jamoasi atrofidagi bosimni kuchaytiradi. Oqibatda prezident partiyasining o‘zida bo‘linish yuzaga kelishi mumkin.

Seshanba kuni Illinoys shtatining Demokratlar partiyasidan tayinlangan vakili Mayk Kuigli ham prezidentlik uchun Baydenni nomzodini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan. Partiya ichida bu lavozimga yaxshiroq nomzodlar borligi aytilgan.

“Menimcha, uning to‘rt yillik prezidentligi eng zo‘r rahbarlik davrlaridan biri bo‘ldi. Lekin u o‘ziga nisbatan vijdonli bo‘lishi kerak. Bayden kursida endi o‘tirolmaydi”, — degan Kuigli CNN nashriga bergan intervyusida.

Oldinroq AQShning CBS News nashri AQSh aholisi o‘rtasida prezident Baydenning yangi muddatga nomzodini qo‘yishiga nisbatan munosabatini o‘rganish uchun so‘rovnoma o‘tkazgan edi. Unda qatnashganlarning 70 foizdan ortig‘i Baydenni yangi muddatga saylanish uchun aqliy va kognitiv jihatdan munosib emas deb topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!