Avstraliya xorijlik talabalar uchun viza narxini oshirdi

Avstraliya xorijlik talabalar uchun viza narxini oshirdi

Avstraliya mamlakatda migrantlar soni o‘sishini sekinlashtirishga yo‘naltirilgan islohot doirasida talabalik vizasi uchun to‘lov qiymatini sezilarli darajada oshirilgani haqida ma’lum qildi.

Hukumat sayti xabarida 710 avstraliya dollariga teng bu miqdor joriy yil 1 iyuldan 1600 ga ko‘tarildi. Ta’lim vaziri Jeyson Kler bayonotiga ko‘ra, ayni qaror “xalqaro ta’lim tizimi yaxlitligini mustahkamlash” va muhim islohotni moliyalashtirishga qaratilgan.

Ichki ishlar vaziri Kler O'Nil ham yangi chora sohadagi xalqaro hamkorlik yaxlitligini tiklashga yordam berishini ta’kidlagan.

Binobarin, yashil qit’adagi yetakchi universitetlarni himoya qiluvchi “Katta sakkizlik” ijrochi direktori Viki Tompson mazkur qaror eng muvaffaqiyatli eksport tarmoqlaridan birini “nobud qilishi mumkin”ligidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat migrasiya bilan bog‘liq vaqtinchalik muammolarni hal etish uchun xorijlik talabalardan foydalanib, jiddiy hatoga yo‘l qo‘ymoqda.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Avstraliyada xorijlik talabalar 650 ming kishidan oshdi. “Bloomberg” ta’kidlaganidek, COVID-19 pandemiyasidan keyin mamlakatga migrantlar oqimi jadal tezlashib, hukumat ma’murlarni cheklov choralarini kuchaytirishga majbur qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!