Yangi tizim: Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini majburiy attestasiyadan o‘tkazish tartibi qanday?

Yangi tizim: Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini majburiy attestasiyadan o‘tkazish tartibi qanday?

“Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga asosan bu xodimlar har besh yilda bir marta malaka toifasini berish bo‘yicha navbatdagi majburiy attestasiyadan o‘tkaziladi («Oliy hamshiralik ishi» mutaxassisligiga ega bo‘lgan hamshiralar, o‘rta tibbiyot yoki farmasevtika xodimlari bundan mustasno).

Ilgari attestasiyadan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib, birinchi bor ishga kirgan shifokor va farmasevtlar mutaxassisligi bo‘yicha uch yil ish stajiga ega bo‘lgandan so‘ng malaka toifasini berish maqsadida majburiy attestasiyadan o‘tkaziladi.

Navbatdagi malaka toifasini berish bo‘yicha majburiy, shuningdek, navbatdan tashqari attestasiyadan o‘tgan shifokor va farmasevtlar keyingi majburiy attestasiyaga besh yildan so‘ng jalb etiladi.

Tibbiyot va farmasevtika xodimlari o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari malaka toifasini berish bo‘yicha attestasiyadan o‘tkazilishi mumkin.

O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestasiyada qatnashib, malaka toifasini oshirgan tibbiyot va farmasevtika xodimlariga oshirilgan malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanadi.

Bunda navbatdan tashqari attestasiyada qatnashib, undan o‘ta olmagan tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malaka toifasi tushirilmaydi.

Shifokor va farmasevtlar malaka toifasini berish bo‘yicha majburiy attestasiyaga o‘z muddatida jalb etilishi uchun shifokor va farmasevtlar faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Davolash-profilaktika tashkiloti rahbari
navbatdagi majburiy attestasiyadan o‘tish muddati tugashidan olti oy oldin shifokor va farmasevtlarni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!