2019 yilda «Samsung» 5G-smartfonlari qancha ishlab chiqarildi?

2019 yilda «Samsung» 5G-smartfonlari qancha ishlab chiqarildi?

«Samsung» 2019 yili beshinchi avlod aloqa standartiga mansub (5G) 6,7 million dona smartfon ishlab chiqardi.

Rejaga ko‘ra, kompaniya 2019 yil davomida 5G-smartfonlardan 4 milliontasini yetkazib berishni rejalashtirgan ekan. Ko‘rib turganingizdek, bu marra ortig‘i bilan zabt etilgan.

Qayd etilishicha, 2019 yilning oxirgi oyida global bozorga yetkazilgan 5G-smartfonlarning 50 foizidan ortig‘i aynan «Samsung» rusumi ostida edi.

O‘tgan yili 5G-smartfonlarning jami smartfonlar bozoridagi ulushi 1 foiz atrofida aylandi.

«Samsung» kompaniyasi 2020 yil 5G-texnologiyalar uchun burilish yili bo‘lishini va 5G-smartfonlarning umumiy bozordagi ulushi 18 foizgacha o‘sishini xomcho‘t qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!