2018 yilning eng boy yozuvchisi aniqlandi! U qancha daromad ko‘rganini bilasizmi?

2018 yilning eng boy yozuvchisi aniqlandi! U qancha daromad ko‘rganini bilasizmi?

Forbes jurnali 2018 yilning eng boy yozuvchilarini aniqladi. Ro‘yxat ijod namunalarining sotilishiga qarab tuzildi. Bu haqda "repost" yozmoqda.

Ro‘yxatda Jeyms Patterson yetakchilik qildi. U inspektor Aleks Kross haqidagi seriyali detektiv romanlar muallifidir. Joriy yilda Patterson 86 mln dollar ishlab oldi.

Garri Potter haqidagi asarlar muallifi Joan Rouling esa birinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa tushdi. U 54 mln dollar daromad ko‘rdi. Uchinchi o‘rin esa qo‘rqinchli asarlar qiroli Stiven Kingga nasib etdi, uning daromadi 21 mln dollarga teng bo‘ldi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!