15 maydan«Afrosiyob»ga chiptalar narxlari oshmoqda

15 maydan«Afrosiyob»ga chiptalar narxlari oshmoqda

Ma’lumki, temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, maqsadida 2024 yil 15 maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass -20%, biznes klass -30% va VIP klass -40% vagonlari uchun oshmoqda.


Toshkent — Buxoro
VIP 890 000 so‘m
Biznes 600 000 so‘m
Ekonom 403 000 so‘m

Toshkent — Qarshi
VIP 747 000 so‘m
Biznes 507 000 so‘m
Ekonom 338 000 so‘m

Toshkent — Samarqand
VIP 554 000 so‘m
Biznes 358 000 so‘m
Ekonom 244 000 so‘m etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» elektropoyezdlarida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!